Distribyutsiya va savdo uchun AI biznes tahlili Biznesingizda pul qayerda yo‘qolayotganini ko‘ring.
FOKUS 1C, POS va CRM’dagi ma’lumotlaringizni har kuni tekshiradi. Pul qayerda ketayotganini topadi, sababini tushuntiradi va kim nima qilishi kerakligini ko‘rsatadi.
Integratsiya
Ma’lumot kiradi, qaror chiqadi.
FOKUS mavjud tizimlaringizga ulanadi, hech narsani almashtirish shart emas. Ma’lumot har kuni o‘zi yig‘iladi, siz esa tayyor xulosa va vazifalarni olasiz.
O‘rnatish taxminan 1–2 hafta davom etadi. Kundalik ishingiz to‘xtab qolmaydi.
Lupa
Excel’da ko‘rinmaydi. FOKUS ko‘radi.
Yo‘qotishlar 40 varaqli hisobotning ichida yashirinib yotadi. Lupani yurgizing va o‘zingiz toping.
Muammo
Hisobot ko‘p. Javob yo‘q.
Ko‘p kompaniyalar katta raqamlarni ko‘radi. Lekin marja qayerda yorilayotganini va pul qayerda muzlab qolganini kech payqaydi.
-
01
Savdo o‘syapti, sof foyda esa kamayyapti
Yashirin chegirmalar, transport xarajatlari va eskirgan qoldiq marjani sekin-asta yeydi.
Oborot+28,4%Sof marja−14,2% -
02
Tovar tugadi, mijoz raqobatchiga ketdi
Eng xaridorgir 23 ta SKU o‘z vaqtida yetkazilmadi. Mijozlar kutmadi.
142 mln so‘myo‘qotilgan savdo
-
03
Nasiya aylanma pulni muzlatib qo‘ydi
Muddati o‘tgan debitorlik qarzi o‘sib boradi, kassada esa pul yetishmaydi.
2,35 mlrd so‘mo‘rtacha kechikish: 47 kun
-
04
Excel’ga haftasiga 18 soat ketadi
40 varaqli jadval o‘tgan oyni ko‘rsatadi. Nima uchun bunday bo‘lganini esa aytmaydi.
0 ta qaror18 soatlik tahlil natijasi
FOKUS qayerlarni tekshiradi
Savdo va tushum
Rejadan og‘ish, nofaol savdo nuqtalari, tushum sizib chiqishi.
Ombor qoldiqlari
Stockout xavfi, o‘lik qoldiq, muzlab qolgan kapital.
Moliya
Debitorlik, kassa uzilishi, to‘lovlar muvozanati.
Mijozlar
Ketib qolish xavfi, xaridlar orasining cho‘zilishi.
Marja va narx
Tannarx o‘sishi, logistika, asossiz chegirmalar.
Xavf ostidagi pul
Qayerda?
Toshkent va Farg‘ona omborlaridagi 14 ta distribyutor va savdo nuqtasida.
Nega?
Buyurtma rejasi kechikkan, savdo vakillari nasiya limitini oshirib yuborgan.
Nima qilamiz?
184 mln so‘mni qaytarish uchun 5 ta vazifa mas’ullarga biriktirildi.
* O‘rta hajmdagi distribyutor misolida, oxirgi 24 soatlik avtomatik tekshiruv. Namuna ma’lumotlar.
Qanday ishlaydi
Xom ma’lumotdan aniq vazifagacha.
Beshta qadam. Hammasi har kuni avtomatik takrorlanadi, sizdan faqat tasdiq kerak.
01
Ma’lumot o‘zi yig‘iladi
1C, ERP, POS va Excel’dan ma’lumotlar har tongda tortiladi. Hech kim qo‘lda eksport qilmaydi.
02
Yo‘qotish topiladi
Har bir filial, SKU va mijoz bo‘yicha odatdagidan chetga chiqish qidiriladi. Muhimi darhol yuqoriga chiqadi.
03
Sababi tushuntiriladi
“Savdo tushdi” degan xabar emas, nega tushgani: 47% stockout, 31% marshrut, 22% mijoz.
04
Vazifa beriladi
Har bir sabab uchun mas’ul, muddat va kutilgan samara bilan aniq vazifa tuziladi.
05
Natija kuzatiladi
Vazifa bajarildimi, pul qaytdimi, hammasi ko‘rinadi. Tizim har bir qarordan o‘rganib boradi.
qarzdorlardan qaytarildi
- 23 ta SKU to‘ldirildi
- T-03 marshruti tuzatildi
- 14 mijozdan 9 tasi to‘lovni amalga oshirdi
- Narxlarni qayta ko‘rish jarayonda
JARVIS · ovozli AI yordamchi
Savol bering. Javob raqam bilan keladi.
JARVIS rahbarning virtual o‘rinbosari. Unga ovoz bilan savol bering, u ham ovoz bilan javob beradi: sabab, dalil, pul miqdori va keyingi qadam bilan. Har tongda esa bugungi eng muhim uchta masalani o‘zi yuboradi.
Tayyor
Savolingizni ayting
Natija
Qancha turishi emas, qancha qaytarishi muhim.
Tizimga sarflangan har bir so‘m bir necha barobar sof foyda bo‘lib qaytadi.
Topilgan yo‘qotish
Yashirin xarajat va kechikishlar hajmi.
Qaytarilgan mablag‘
Saqlab qolingan aylanma mablag‘.
Yangi sof qiymat
Marja va yangi savdo imkoniyatlari.
O‘rtacha ROI
Tizim xarajatiga nisbatan qaytgan foyda.
* Mijozlarimizning o‘rtacha ko‘rsatkichlari asosidagi namuna, so‘mda.
Tariflar
Biznesingiz hajmiga mos.
Narxlar taklif sifatida berilgan. Yakuniy summa biznesingiz hajmiga bog‘liq.
| Imkoniyatlar | Basic | Standard | Premium ko‘p tanlanadi | Gold |
|---|---|---|---|---|
| Maqsad | Diagnostika | BI | AI BI | AI Business |
| O‘rnatish (bir martalik to‘lov) | $500 | $1–1.5K | $2–3K | $3.5–5K+ |
| Oylik (taklif) | $100–150 | $150–250 | $300–500 | $600–1K+ |
| Dashboard | ||||
| Biznes salomatligi | ||||
| Sotuvlar | ||||
| Ombor | ||||
| Mahsulotlar | ||||
| Mijozlar | Asosiy | To‘liq | Kengaytirilgan | Kengaytirilgan |
| Moliya | Asosiy | To‘liq | Kengaytirilgan | Kengaytirilgan |
| Agentlar | AI | |||
| Marketing | Kengaytirilgan | AI | ||
| Ogohlantirishlar | Asosiy | Aqlli | AI | |
| Prognoz | ||||
| ML tahlil | Kengaytirilgan | |||
| AI chat | ||||
| AI tahlilchi | ||||
| JARVIS | Ixtiyoriy | |||
| AI agentlar | Ixtiyoriy | |||
| AI direktor | ixtiyoriy | |||
| Decision Engine | Asosiy | Kengaytirilgan | ||
| Avtomatlashtirish | Asosiy | Kengaytirilgan | To‘liq | |
Jadvalni yon tomonga suring
Savollar
Ko‘p so‘raladigan savollar
Javob topa olmadingizmi? Raqamingizni qoldiring, o‘zimiz qo‘ng‘iroq qilamiz.
FOKUS kimlar uchun?
Distribyutsiya, ulgurji va chakana savdo kompaniyalari uchun: oziq-ovqat va FMCG, ichimliklar, farmatsevtika, qurilish mollari distribyutorlari hamda chakana savdo tarmoqlari. Tizimdan rahbar, moliya direktori, savdo rahbari va tijorat bo‘limi foydalanadi. Agar sizda 1C, ERP yoki POS bo‘lsa, FOKUS shu ma’lumotlar bilan ishlaydi.
Ulash qancha vaqt oladi?
Taxminan 1–2 hafta. Shu vaqt ichida tizimlaringizni ulaymiz va ma’lumotlarni tekshiramiz. Kundalik ishingiz to‘xtab qolmaydi.
Ma’lumotlarimiz xavfsizmi?
Ma’lumotlar shifrlangan holda saqlanadi va faqat sizning kompaniyangiz profiliga tegishli bo‘ladi. Xohlasangiz, tizimni o‘z serveringizga o‘rnatamiz.
Power BI yoki Tableau’dan farqi nima?
Oddiy BI o‘tgan raqamlarni grafikda ko‘rsatadi. FOKUS esa muammoning sababini topadi, qancha pul yo‘qolayotganini hisoblaydi va mas’ul xodimga aniq vazifa beradi.
Sun’iy intellekt qanday ishlaydi?
FOKUS ma’lumotlaringizdagi odatdan tashqari o‘zgarishlarni topadi, sabab-oqibat bog‘liqligini aniqlaydi va har bir topilma uchun tavsiya beradi. Har bir javob ishonch darajasi va dalillar ro‘yxati bilan keladi.
Narxi qancha?
Boshlang‘ich audit va demo bepul. O‘rnatish va oylik to‘lov narxlari yuqoridagi tariflar jadvalida ko‘rsatilgan. Yakuniy summa biznesingiz hajmiga qarab kelishiladi.
Bizga mos kelishini qanday bilamiz?
30 daqiqalik bepul suhbatda biznesingiz va tizimlaringizni o‘rganamiz. Mos kelsa, bir haftalik bepul audit o‘tkazib, real natijani ko‘rsatamiz.
Boshlash
30 daqiqalik suhbat. Bir haftalik audit. Ikkalasi ham bepul.
Raqamingizni qoldiring. Mutaxassisimiz qo‘ng‘iroq qilib, sizga qulay vaqtni kelishib oladi.